O‘zbekiston | 10:40 / 19.09.2024
1429
1 daqiqa o‘qiladi

Misr elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayapti

Elchi Amira Fahmiy 2021 yilning 23 aprel kuni O‘zbekiston prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

Foto: TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Misrning mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan elchisi Amira Fahmiyni qabul qildi.

"Mamlakatda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Misrning O‘zbekistondagi elchisi Amira Fahmiy xonim bilan xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari. – So‘nggi yillarda O‘zbekiston-Misr ikki tomonlama munosabatlaridagi sezilarli ijobiy sur’atni alohida ta’kidlashdan mamnunmiz. Elchi xonimga davlatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni boyitishga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".

Ma’lumot uchun, elchi Amira Fahmiy 2021 yilning 23 aprel kuni O‘zbekiston prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

Mavzuga oid