BYD “parallel import”ni qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qildi
Hozirgi kunda O‘zbekistonda BYD avtomobillarining yagona rasmiy distribyutori “BYD Central Asia” kompaniyasi hisoblanadi va mamlakat bo‘ylab 18 ta rasmiy dilerlik va xizmat ko‘rsatish markazlariga ega dilerlarning kontaktlari va nomlari.
BYD O‘zbekiston bozoriga kirib kelgach, o‘zbek va rus tillarida, 4G bulut xizmati bilan jihozlangan multimedia tizimini va masofadan turib avtomobilni boshqarish dasturini taqdim etdi. Shu kabi qo‘shimcha imkoniyatlar mahalliy iste’molchilar uchun avtomobil boshqaruvini sezilarli darajada yaxshilaydi .
Bundan tashqari, rasmiy dilerlarimiz orqali sotiladigan avtomobillar mahalliy bozorga moslashtirilgan. Xususan, ular yuqori quvvatga ega modernizatsiya qilingan konditsioner kompressoriga ega bo‘lib, bu yozning jazirama kunlarida ham optimal sovitish samaradorligini ta’minlaydi. DM-i super-gibrid boshqaruv tizimi ham mahalliy bozordagi yoqilg‘i sifatini hisobga olgan holda sozlanmoqda, bu esa avtomobilning energiya samaradorligini va mahsulot barqarorligini yanada oshirishga yordam beradi. Bu esa rasmiy dilerlik markazlari tomonidan taklif etilayotgan avtomobillar O‘zbekistonning real sharoitlariga to‘liq moslashganini hamda ularning "norasmiy import" orqali olib kelingan avtomobillar bilan solishtirganda uzoqroq muddat xizmat qilishi va yuqori sifatga ega bo‘lishini ko‘rsatadi.
Shuni ta’kidlash kerakki, rasmiy dilerlik markazlaridan sotib olingan barcha BYD avtomobillari brendning sanoat standartlariga muvofiq kafolati bilan ta’minlangan (avtomobil uchun 6 yil yoki 150 000 km va batareya, elektr dvigatel va elektron boshqarish moduli uchun 8 yil). Ushbu kafolatni norasmiy importyorlar taqdim qila olmaydi.
O‘zbekistonga “norasmiy import” orqali olib kelinadigan avtomobillar sonining ko‘pligi va ular bilan rasmiy dilerlik markazlari tomonidan taklif etilayotgan avtomobillar orasidagi sezilarli texnik farqlarni hisobga olib, BYD “parallel import”ni qo‘llab-quvvatlamasligini ma’lum qiladi. Ushbu norasmiy kanallar orqali sotib olingan avtomobillar rasmiy kafolatga ega bo‘lmaydi. Shu sababli, BYDʼning rasmiy dilerlari sertifikatlanmagan tarzda olib kelingan avtomobillarga kafolat xizmatini ko‘rsatmaydi. Bundan tashqari, barcha multi brendli dilerlarga rasmiy tartib-qoidalarga rioya qilmasdan olib kelingan avtomobillarni sotmaslik to‘g‘risida qat’iy ko‘rsatmalar berildi, chunki bu transport vositalarining sifati va yaroqliligini xavf ostiga qo‘yadi.
Yuqorida aytilganlarni inobatga olib, biz mijozlarimizdan avtomobil sotib olishda ehtiyotkor bo‘lishlarini va yuqori sifatli, xalqaro standartlarga ega bo‘lgan rasmiy diler tanlashini so‘rab qolamiz.
Bizni qo‘llab-quvvatlaganingiz va bizga bildirgan ishonchingiz uchun minnadormiz.
Reklama
Mavzuga oid
17:00 / 15.11.2024
BYD e-Mobility Festa 2024: 30 yillik yutuqlarni birgalikda nishonlaymiz
19:00 / 17.10.2024
BYD YUAN UP elektromobilining rasmiy narxi e’lon qilindi
09:00 / 17.10.2024
BYD Samarkand'dan yangilik: Samarqandda yangi BYD Yuan UP modeli sotuvi boshlandi
18:07 / 07.10.2024