Toshkentda daraxtga urilgan BYD yonib ketdi
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida BYD daraxtga urilib yonib ketdi.

Foto: Videodan kadr
FVB ma’lum qilishicha, 2 may kuni soat 13:30 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Do‘rmon yo‘li va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari chorrahasida elektromobil yo‘l transport hodisasi sodir etgan avtomobil yonayotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 13:34 da yetib borib, yong‘in soat 13:57 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

20:17 / 02.05.2025
Toshkentda BYD piyodani urib yubordi

08:38 / 02.05.2025
Toshkentda tumanida ikkita mashina yonib ketdi

11:25 / 01.05.2025
Isroilda yirik o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda

10:24 / 01.05.2025