Sport | 21:52 / 20.09.2024
9507
2 daqiqa o‘qiladi

Futzal bo‘yicha JCh-2024. O‘zbekiston Kosta-Rikaga ham mag‘lub bo‘lib, turnirni guruh bosqichida yakunladi

Futzal bo‘yicha 2024 yilgi jahon chempionati 3-turida O‘zbekiston Kosta-Rikaga mag‘lub bo‘lib, turnirdagi ishtirokini erta yakunladi.

Foto: Tribuna.uz

Ushbu bahsdagi g‘alaba Xose Venansio Lopes shogirdlarini 3-o‘rin bilan pley-offga olib chiqish imkoniyatini saqlab qolardi. Ammo uchrashuvda vakillarimiz 3:5 hisobida mag‘lub bo‘lishdi. Futzalchilarimizning gollariga Mashrab Odilov, Ilhom Hamroyev va Samariddin Berkinov mualliflik qildi.

Shu tariqa, O‘zbekiston A guruhida so‘nggi 4-o‘rinni egalladi. Paragvay va Niderlandiya dastlabki ikki o‘rinni egallab pley-offga chiqdi, Kosta-Rika ham pley-offga chiqish uchun yaxshi imkoniyatni saqlab turibdi.

«A» guruhi. 3-tur

Kosta-Rika – O‘zbekiston 5:3

Gollar: Edvin Kubilo 4, Yosel Leon 20, Diyego Chavvaria 32, Minor Sabaleta 33, Jyean Salas 37 – Mashrab Odilov 14, Ilhom Hamroyev 27, Samariddin Berkinov 30.

Kosta-Rika (beshlik): 1.Sezar Rosales, 4.Diyego Chavarria, 5.Jyean Salas, 10.Edvin Kubilo, 11.Daniyel Gomes.

Zaxira: 12.Denni Vaskes, 2.Gilbert Vindas, 3.Jyeremi Gomes, 6.Viktor Fonseka, 7.Minor Sabalseta, 8.Yosel Leon, 9.Pablo Rodriges, 13.Luis Navarret, 14.Enmanuyel Gamboa

O‘zbekiston (beshlik): 12.Abbos Elmurodov, 4.Ixtiyor Ropiyev, 6.Ilhom Hamroyev, 8.Husniddin Nishonov, 11.Abror Ahmetzyanov.

Zaxira: 1.Sunnat Anvarov, 2.Fazliddin Botirov, 3.Mashrab Odilov, 5.Muzaffar Ahadjonov, 7.Anasxon Rahmatov, 9.Elbek To‘lqinov, 10.Akbar Usmonov, 13.Mehroj Xudoyberdiyev, 14.Samariddin Berkinov.

Chetlatish: Ixtiyor Ropiyev, 32.

Niderlandiya – Paragvay 5:2

Gollar: Jordani Martinus 7', Jordi Kretiyer 8', Pedro Paskottini 17', Lukas Suares 23', Chih Muhammad 28', Jordi Kretiyer 35', Chih Muhammad 37'.

Усмон Ибодов
Tayyorlagan Усмон Ибодов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid