Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AEXA O‘zbekiston milliy regulyatorini kuchaytirishga ko‘maklashadi
Rafael Grossi O‘zbekistonda xavfsizlikni tartibga soluvchi infratuzilmaning AEXA xavfsizlik standartlariga muvofiqligini tekshirishga qaratilgan ekspert missiyasini o‘tkazishni taklif qildi.
Atom energiyasi xalqaro agentligining (AEXA) Vena shahridagi shtab-kvartirasida mazkur tuzilma bosh direktori Rafael Mariano Grossi O‘zbekiston Sanoat, radiatsiya va yadroviy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Abduvaqqos Rafiqov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida AEXA bosh direktoriga O‘zbekistonning jadal iqtisodiy o‘sishi va respublikaning atom energetikasini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyoji ortib borayotgani, shuningdek, shuningdek, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi O‘zbekiston milliy regulyatori tuzilmasi va maqomidagi so‘nggi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi.
Tomonlar O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasini qurish rejalariga alohida e’tibor qaratib, respublika bunday loyihani amalga oshirayotgan birinchi davlatlardan biri ekanligini ta’kidladilar.
Rafael Grossi agentlik rahbariyatining AEXA turli platformalari orqali O‘zbekiston hukumatining milliy regulyatorni kuchaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash niyatini tasdiqladi. Xususan, u O‘zbekistonda xavfsizlikni tartibga soluvchi infratuzilmaning AEXA xavfsizlik standartlariga muvofiqligini tekshirishga qaratilgan ekspert missiyasini o‘tkazishni taklif qildi.
Mavzuga oid
15:50 / 13.05.2025
O‘zbekiston va AEXA yadroviy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kelishib oldi
11:48 / 08.05.2025
Samarqand AEXA milliy koordinatorlari yig‘ilishini qabul qiladi
11:51 / 11.12.2024
AEXA Zaporijjya AESga ketayotgan avtomobilga dron zarbasi haqida ma’lum qildi
22:04 / 06.12.2024