Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Afrikada kutilmagan qor tufayli transport harakati izdan chiqdi
Janubiy Afrikada 21 sentabr kuni kutilmaganda yog‘gan qor tufayli bir nechta avtomobil yo‘llarida transport harakati butunlay to‘xtab qoldi. Bu haqda France 24 telekanali ma’lum qildi.
Ayniqsa, Yohannesburg va sharqiy sohildagi Durban shahrini bog‘lovchi N3 magistral yo‘li ko‘proq zarar ko‘rdi. Ba’zi hududlarda ikki metrgacha qor yoqqani aytilmoqda. Haydovchilar tunni mashinada o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Qutqaruv ishlariga favqulodda xizmatlar bilan birga armiya ham jalb etildi.
KvaZulu-Natal provinsiyasi hukumati qiyin ahvolga tushib qolgan ba’zi haydovchilarga ko‘rpa-to‘shak va oziq-ovqat yetkazib berilgani haqida bayonot berdi.
Yo‘l harakatini boshqarish korporatsiyasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha xodimi Saymon Zvane AFP’ga ma’lum qilishicha, yuk mashinalari 20 sentabrdan beri yo‘l chetida to‘xtab turibdi.
“Provinsiyalar orasida qatnayotgan avtobuslar yoqilg‘i quyish shoxobchalarida taxminan yetti soatcha to‘xtab qoldi”, — dedi u.
Janubiy Afrika meteorologiya xizmati sinoptigi Lutando Masimini sodir bo‘layotgan hodisani “ekstremal holat” deb baholadi va kelgusi soatlarda qor yog‘ishi yanada ko‘payishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
2023 yilning yozida Janubiy Afrikada 10 yil ichida birinchi marta qor yoqqandi. O‘shanda yog‘ingarchilik jiddiy muammolarni keltirib chiqarmagan.
Mavzuga oid
23:35 / 14.05.2025
BMT: Afrikada har 6 soniyada ochlikdan bir bola vafot etmoqda
23:39 / 20.03.2025
Afrikadan hozirda yo‘qolib ketgan sayyoraga tegishli meteorit topildi
20:43 / 09.03.2025
Afrikaning 15 ta davlati 2024 yilda internetni bloklash bo‘yicha rekord o‘rnatdi
14:46 / 21.02.2025