O‘zbekiston | 13:30 / 25.09.2024
1329
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri AQSh nodavlat tashkilotlari rahbarlarini qabul qildi

Ushbu muassasalar bosh direktorlari bilan joriy yil oxirigacha O‘zbekistonga zarur tibbiy buyumlar jo‘natilishiga kelishib olindi.

Foto: TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Nyu-York shahrida AQShning Project C.U.R.E. va Islamic Relief USA nodavlat tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashdi.

"Project C.U.R.E. va Islamic Relief USA tashkilotlarining insonparvarlik yordami, ayniqsa, Qoraqalpog‘iston aholisiga ko‘rsatilayotgan ko‘magi uchun minnatdorlik bildiramiz", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari.

Ushbu muassasalar bosh direktorlari doktor Duglas Jyekson va Ahmad Shexata bilan bo‘lgan uchrashuv chog‘ida joriy yil oxirigacha O‘zbekistonga zarur tibbiy buyumlar jo‘natilishiga kelishib olindi.

Mavzuga oid