O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroilda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga xavfsizlik choralarini kuchaytirishni tavsiya qildi
Diplomatik vakolatxona Isroil shimolidagi “murakkab vaziyat“ tufayli O‘zbekiston fuqarolaridan “shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rishni hamda raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikni“ so‘ragan.

Foto: Google maps
Elchixona Isroildagi “murakkab vaziyatda” O‘zbekiston fuqarolaridan shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rishni va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikni so‘ragan.
“Hozirgi paytda mamlakatning shimoliy hududlarida murakkab vaziyat vujudga kelayotganligini e’tiborga olib shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rishingizni va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikni tavsiya etamiz. Isroil hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib boring. Isroil front orti qo‘mondonligidan bildirishnomalar va ogohlantirishlar (Home Front Command) mobil ilovasi yoki veb-sayti havolasini telefoningizga o‘rnating“, — deyiladi O‘zbekiston elchixonasi bayonotida.
Shuningdek, diplomatik vakolatxona fuqarolarga zaruriyatsiz ko‘cha va boshqa ko‘ngilochar muassasalarga tashrif buyurmaslikni hamda o‘z hayotini ehtiyot qilishni so‘ragan.
Zarur hollarda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi konsullik bo‘limining quyidagi ishonch telefonlariga bog‘lanish mumkin:
03-672-2466
03-672-2371
03-758-5075
03-758-5076
Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun:
+972 54 485 1397
Mavzuga oid

13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi

11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi

20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi

19:43 / 26.05.2025