To‘qayev korteji marshrutidan o‘q otish qurollari topildi
Hozir barcha holatlarni aniqlash va gumondorlarni qo‘lga olish bo‘yicha zarur tezkor-qidiruv va tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev kortejining Turkiston viloyatidagi yo‘nalishini tekshirish chog‘ida Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari tomonidan o‘q otish qurollari ombori topildi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
«Hozir barcha holatlarni aniqlash va gumondorlarni qo‘lga olish bo‘yicha zarur tezkor-qidiruv va tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda», deyiladi IIV matbuot xizmati xabarida.
Qosim-Jo‘mart To‘qayev 27 sentabr kuni Turkiston viloyatiga xizmat safari bilan bordi. Prezident ta’lim, madaniyat, sport inshootlari va sanoat korxonalariga tashrif buyurishi, investitsiya loyihalari bilan tanishishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
20:47 / 27.11.2024
Bedarvoza bojxona va g‘oyib bo‘layotgan mashinalar – Kun.uz’da katta surishtiruv
17:29 / 27.11.2024
Qozog‘iston Orol dengiziga yana 1,6 milliard kub metr suv quyadi
17:26 / 27.11.2024
Qozog‘iston Rossiya donining O‘zbekistonga reeksportini chekladi
17:27 / 26.11.2024