Tailandda fermer devor qulashi xavfi sabab 100 dan ortiq timsohini o‘ldirishga majbur bo‘ldi
Mamlakat shimolida timsohlarni ko‘paytirish bilan shug‘ullanadigan fermer voler devori qulashi mumkinligi tufayli shunday qaror qabul qilgan. U elektr toki bilan 125 ta timsohni o‘ldirgan.
Tailandda timsoh boqish bilan shug‘ullanuvchi fermer mamlakatga yopirilgan tayfun sabab yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan 100 dan ortiq reptiliyani o‘ldirishga majbur bo‘ldi, deb yozadi CNN.
Qayd etilishicha, 37 yoshli Nattapak Kumkad Tailand shimolidagi Lampun provinsiyasida timsoh boqiladigan ferma egasi. U o‘zining siam timsohlariga yangi boshpana qidirayotganida volerni himoya qilib turgan devor qulash xavfi ostida ekanini payqab qolgan. Ammo ayrimlarining uzunligi 4 metrga yetadigan timsohlarni boshqa joyga ko‘chirishning imkoni yo‘q edi.
Nattapakning so‘zlariga ko‘ra, fermer timsohlar tashqariga chiqib ketmasligi uchun 22 sentabr kuni ularning 125 tasini o‘ldirgan. «Hayotimdagi eng qiyin — ularning barchasini o‘ldirish qarorini qabul qilishimga to‘g‘ri keldi. Oilam bilan agar devor qulasa insonlarga tug‘iladigan xavfni nazorat qila olmasligimizni muhokama qildik. Bu odamlar hayoti va jamoatchilik xavfsizligiga taalluqli edi», — deydi u.
Joriy yilda kuzatilgan eng kuchli «Yagi» to‘foni Xitoy va Janubi-Sharqiy Osiyo hududidan o‘tib, ko‘plab vayronagarchiliklarni yuzaga keltirdi. Yog‘ingarchilik oqibatida Tailand shimolini suv bosdi.
Nattapakning aytishicha, uning fermasi 17 yildan beri faoliyat yuritadi va yomg‘irlar mavsumidan doim eson-omon chiqqan, ammo joriy yilgi yog‘ingarchilik timsohlar uchun mo‘ljallangan akvarium devorlarini nuratib yuborgan.
«Men 24 soatdan kamroq vaqt ichida qaror qabul qilishga majbur bo‘ldim», — deydi Nattapak. Fermerning qo‘shimcha qilishicha, u timsohlarni elektr toki yordamida o‘ldirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, timsoh ko‘paytirish bilan shug‘ullanish serdaromad ish hisoblanadi: mamlakatda ro‘yxatdan o‘tgan 1,1 mingta tijoriy ferma har yili 215 million dollar foyda keltiradi.
Mavzuga oid
23:19 / 01.10.2024
Tailandda 40 ga yaqin o‘quvchi va o‘qituvchilarni olib ketayotgan avtobus yonib ketdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda
21:12 / 29.09.2024
Tailand hukumati iqtisodiyotni rag‘batlantirish uchun fuqarolarga 300 dollardan tarqatishni boshladi
13:20 / 27.09.2024
Tailanddan O‘zbekistonga sayohatchilarni jalb qilish uchun maxsus turistik paketlar ishlab chiqiladi
15:29 / 23.09.2024