Eronlik agent Isroilga Nasrullohni yo‘q qilishga yordam bergan
Eronlik agent isroillik harbiylarga «Hizbulloh» rahbari Hasan Nasrullohning qayerda ekanligi haqida ma’lumot berdi, bu esa jangchilar yetakchisini yo‘q qilishga imkon yaratdi, deb yozadi Le Parisien.
«Hizbulloh» harakati tuzilmalariga kirib borgan Eronning qo‘sh agenti Isroil armiyasiga guruh rahbari Hasan Nasrullohning qayerda ekanligi haqida ma’lumot berdi, bu esa TsAHALga uni yo‘q qilish imkonini yaratdi. Bu haqda 28 sentabr, shanba kuni Fransiyaning Le Parisien gazetasi Livan xavfsizlik xizmatidagi manbaga tayanib xabar berdi.
Nashrning yozishicha, 27 sentabr kuni Hasan Nasrulloh bir kun avval Isroil havo hujumi natijasida halok bo‘lgan «Hizbulloh» uchuvchisiz uchoqlar bo‘linmasi qo‘mondoni Muhammad Husayn Srurning dafn marosimida ishtirok etgan. Dafn marosimi guruhning yerosti qo‘mondonlik markazidan uncha uzoq bo‘lmagan Haret-Xreyk hududida bo‘lib o‘tdi. Ayni vaqtda bunkerlarni yo‘q qiladigan bombalar bilan jihozlangan Isroilning F-35 qiruvchi samolyotlari pistirmada turib, nishonning «Hizbulloh» qarorgohiga qaytishini kutishgan.
Kunning ikkinchi yarmida eronlik agent isroilliklarga Nasrullohning yaqin orada yetib borishi haqida xabar berdi. U dafn marosimidan so‘ng Islom inqilobi muhofizlari korpusining nufuzli bo‘linmasi - "Al-Quds" kuchlari qo‘mondoni o‘rinbosari, eronlik general-mayor Abbos Nilforushanning mashinasida o‘z qarorgohiga yetib keldi. Guruhning favqulodda yig‘ilishida Nasrullohdan tashqari yana 12 nafar qo‘mondon ishtirok etgan. Le Parisien nashri xabariga ko‘ra, Isroil harbiylari portlash buyrug‘ini berishdan oldin hamma bir xonada yig‘ilishini kutgan. Gazeta manbasiga ko‘ra, TsAHAL uchuvchilari «Hizbulloh» qo‘mondonlik markaziga har biri ikki tonna og‘irlikdagi oltita bomba tashlagan. Avvalroq Isroilning Ynet portali guruhning qo‘mondonlik markaziga tashlangan bombalarning umumiy og‘irligi 80 tonnadan oshganini ta’kidlagan edi.
«Hizbulloh» Hasan Nasrullohning jasadini topdi
Livanning «Hizbulloh» guruhi o‘zining marhum rahbari Hasan Nasrullohning jasadini topdi. Bu haqda 29 sentabr kuni Reuters va AFP axborot agentliklari harakatning o‘zidagi manbalariga tayanib xabar berdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Nasrullohning tanasida ochiq jarohatlar yo‘q. Bu uning portlash to‘lqini ta’siridan o‘lgan bo‘lishi mumkinligini anglatadi.
«Uning jasadi shanba kuni topildi», dedi «Hizbulloh» manbasi jurnalistlarga. Unga ko‘ra, Nasrulloh bilan vidolashuv va dafn marosimining sanasi hali belgilanmagan.
Mavzuga oid
10:30 / 23.11.2024
Xalqaro sud qarori: Netanyahu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
14:54 / 22.11.2024
Bayden XJSning Netanyahuni hibsga olishga order berishiga munosabat bildirdi
17:37 / 21.11.2024