Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Latviya jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlikni kengaytiradi
O‘zbekiston elchisi Temur Rahmonov Latviya ichki ishlar vaziri Rixards Kozlovskis bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Latviya o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
Latviya tomoniga O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar, jumladan mamlakatda, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, hukumat tomonidan chet elda istiqomat qilayotgan vatandoshlarga qaratilayotgan e’tibor haqida so‘zlab berildi.
Vazir Rixards Kozlovskis O‘zbekistonda jinoyatchilikka qarshi kurashish va oldini olish borasidagi katta tajribani to‘plangani ta’kidlash barobarida, ikki mamlakat ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida barcha yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi.
Xususan, yaqin istiqboldagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish maqsadida 2025 yilning birinchi yarimida ikki davlat ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi uyushgan jinoyatchilik, narkotik, prekursorlar va psixotrop moddalar noqonuniy aylanishini oldini olish bo‘yicha qo‘shma komissiyasi yig‘ilishini Riga shahrida tashkil etish taklifi bildirildi. Shuningdek, yoshlar jinoyatchiligini oldini olish, IT-sohada jinoyatchilikka qarshi kurashish, iqtisodiy jinoyatlar va ekspertiza kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishning muhimligi qayd etildi.
Mavzuga oid
11:47 / 23.05.2025
Latviya Rossiya harbiy kompleksiga aloqadorlikda gumon qilingan kompaniyani tekshirmoqda
11:42 / 07.05.2025
Serbiya OAV: Latviya va Litva Vuchichning samolyotini o‘tkazmaydi
10:50 / 02.05.2025
Latviya TATU huzurida maxsus maktab tashkil etishi mumkin
07:35 / 26.04.2025