Islohotlarni hayotga tatbiq etish uchun prezidentga 7 yil muddat yetarli - To‘qayev
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Ostonadagi xalqaro forumda nutq so‘zlab, saylovdagi rejalar va islohotlarni hayotga tatbiq etish xalq tomonidan yollangan prezidentga 7 yil muddat yetarli ekanini aytdi. Shuningdek, u hamma joyda va doim adolatga talab bo‘lgani, Qozog‘iston ham bundan mustasno emasligini ta’kidladi.
30 sentabr kuni Ostona shahrida “Yevrosiyo makonida barqaror rivojlanish va xavfsizlik” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Unda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev qatnashib, o‘zgarayotgan geosiyosiy vaziyatda barqaror rivojlanishning ahamiyati haqida gapirgan.
“Geosiyosat va geoiqtisodiyotdagi chuqur o‘zgarishlar, global iqlimiy va demografik muammolar, yangi pandemiyalar xavfi, qurollanish poygasining kuchayishi, texnologik taraqqiyot, jumladan, sun’iy intellekt texnologiyalarining joriy etilishi fonida strategik barqarorlik masalasi va barqaror rivojlanishni ta’minlash barchamiz uchun muhim ahamiyatga ega. Xulosa aniq – xalqaro hamjamiyat konstruktiv muloqotni tiklash uchun vaziyatni yumshatish, yangi ijobiy kun tartibiga muhtoj. Shunday ekan, yaxlit, bo‘linmas Yevrosiyo xavfsizligi g‘oyasi ko‘p qutbli, adolatli va barqaror dunyo tartibini barpo etishning konseptual asosiga aylanishi mumkin”, — deya To‘qayevning so‘zlarini keltirmoqda Oq O‘rda matbuot xizmati.
Shuningdek, u Qozog‘iston jamiyati hayotidagi o‘zgarishlar haqida gapirib, mamlakat Konstitutsiyasida prezident vakolatini “bir marotaba, yetti yillik muddat bilan cheklanishi” siyosiy islohotlarning muhim yangiligi bo‘lganini qayd etgan.
“Saylovoldi platformasidagi [rejalar] va islohotlarni hayotga tatbiq etish uchun, menimcha, bir marta yetti yillik muddat – prezidentga, u xalq tomonidan yollangan davlat boshqaruvchisi ekanidan kelib chiqib yetarli deb o‘ylayman. Ishonchim komilki, mamlakatimizda qonun va tartib diktaturasi hukm surishi kerak. Faqat shu orqaligina islohotlarni yana davom ettirish, shuningdek, Qozog‘iston iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilish mumkin. Qonun va tartib adolatli Qozog‘iston qurishning asosidir. Har doim va hamma joyda adolatga talab bo‘lgan, Qozog‘iston ham bundan mustasno emas. Bizning barcha islohotlarimiz, ular qanchalik qiyinchilik bilan yurmasin ortga qaytish xususiyatiga ega emas, ularni hech kim to‘xtata olmaydi va orqaga ham qaytara olmaydi”, — degan Qosim Jo‘mart To‘qayev.
To‘qayev 2019 yilda Qozog‘istonni 1990 yildan buyon boshqarib kelgan Nursulton Nazarboyev iste’foga chiqqanidan so‘ng prezidentlik lavozimini egallagan.
2022 yil yanvar oyida Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlaridan so‘ng, To‘qayev Konstitutsiyaga davlat rahbari faqat bir marotaba, yetti yillik muddatga saylanishi mumkinligi haqida o‘zgartirish kiritgan edi.
“Prezidentlik lavozimini bir kishi uzoq vaqt egallamasligi kerak. Dunyodami, bizdami, bir kishi uzoq yillar eng yuqori lavozimni egallab turishi davlatga ham, uning rahbariga ham hurmat keltirmaydi”, degan To‘qayev Turkiston viloyatida bo‘lib o‘tgan xalq yig‘ilishida.
Ilgari Qozog‘istonda prezident besh yilga saylangan, biroq qayta saylanish huquqiga ega bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:47 / 22.11.2024
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obektlari xavfsizligini kuchaytirdi
12:33 / 21.11.2024
Qozog‘iston holdingi O‘zbekistondan 169 nafar mutaxassisni ish bilan ta’minlaydi
16:29 / 19.11.2024
Qozog‘istonda magistral yo‘lda o‘rtacha tezlikni oshirganlar jarimaga tortiladi
20:59 / 18.11.2024