Jahon | 01:17 / 02.10.2024
7096
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya KXDRning yer osti bunkerlarini ham yakson etishga qodir eng kuchli raketasini namoyish etdi

Prezident Yun Suk Yol agar KXDR yadroviy quroldan foydalanishga urinsa, Janubiy Koreya-AQSh alyansining keskin javobiga duch kelishidan ogohlantirdi.

Foto: Reuters

Janubiy Koreya mamlakat Qurolli Kuchlari kunini nishonlash vaqtida KXDRning yer osti bunkerlarini ham ishg‘ol etishga qodir eng kuchli ballistik raketalarini namoyish etdi, deb xabar beradi Associated Press.

Qayd etilishicha, Janubiy Koreya prezidenti Yun Suk Yol agar KXDR yadroviy quroldan foydalanishga urinsa, Janubiy Koreya—AQSh alyansining keskin javobiga duch kelishi va «ushbu kun Shimoliy Koreya rejimi uchun oxirgisi bo‘lishidan» ogohlantirdi.

Marosimda Janubiy Koreya harbiylari 340 ga yaqin harbiy texnika va qurollanish tizimlarini namoyish etgan. Ular orasida 8 tonnali jangovar kallakni tashib, yer qa’riga kirib borishga va KXDRning yer osti bunkerlarini yakson qilishga qodir Hyunmoo-5 ballistik raketasi ham bor.

Nashrning eslatishicha, so‘nggi vaqtlarda Shimoliy Koreyaning bomba dasturi bo‘yicha xavotirlar mamlakatdagi yadroviy qurol uchun mo‘ljallangan uranni boyitish maxfiy obekti suratlari e’lon qilinganidan keyin kuchaygan. 

Janubiy koreyalik amaldorlarning fikricha, KXDR AQShdagi prezidentlik saylovlari arafasi sinovlar o‘tkazib, vaziyatni yanada keskinlashtirishga urinadi. Ekspertlarning aytishicha, Shimoliy Koreya aftidan, yadroviy qurol-yarog‘ni kengaytirish mamlakatga AQSh tomonidan ko‘proq yonbosishlarga sabab bo‘ladi, deb o‘ylaydi.

Avvalroq Janubiy Koreya KXDR yadroviy jangovar kallaklarni ishlab chiqarishga yetarli plutoniy va uranga ekanini ma’lum qilgandi. Shu bilan birga, mamlakat razvedkasining ta’kidlashicha, Shimoliy Koreya yettinchi yadroviy sinovini 5 noyabrda — AQShdagi prezidentlik saylovlaridan keyin o‘tkazishi mumkin.

Mavzuga oid