Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar qaytarildi
Turli sabablar tufayli ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 16 yoshli va 6 yoshli 2 nafar qiz, 11 yoshli bir nafar o‘g‘il bola mas’ul xodimlarning kuzatuvi ostida Toshkent shahriga yuborildi.
Turkiyada qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda Bosh konsulxona.
Xorijdagi vatandoshlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish tadbirlari doirasida Turkiyada ota-onasining qarovisiz qolib ketgan uch nafar voyaga yetmagan bolalar vatanga qaytarilishiga erishildi.
Jumladan, turli sabablar tufayli ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 16 yoshli va 6 yoshli 2 nafar qiz, 11 yoshli bir nafar o‘g‘il bola yaqin qarindoshlarining murojaatlari asosida Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamkorligida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2 oktyabr kuni mas’ul xodimlarning kuzatuvi ostida Toshkent shahriga yuborildi.
Mavzuga oid
08:50 / 22.05.2025
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025