Jahon | 00:24 / 04.10.2024
3195
2 daqiqa o‘qiladi

Vetnamdagi hayvonot bog‘ida o‘nlab yo‘lbarslar parranda grippi tufayli nobud bo‘ldi

Reuters agentligining yozishicha, yirtqichlar kasallangan tovuqlarning go‘shti bilan oziqlantirilganidan keyin nobul bo‘lgan.

Foto: Getty Images

Vetnam janubidagi hayvonot bog‘larida parranda grippi tarqalganidan keyin o‘nlab yo‘lbarslar nobud bo‘ldi, deb xabar beradi BBC.

Ma’lum qilinishicha, avgust oyida virus oqibatida uchta sher va pantera, shuningdek, 47 ta yo‘lbars halok bo‘lgan. H5N1 virusi Xoshimin shahri yaqinidagi Vuon Xoay hayvonot bog‘ida va Longan provinsiyasidagi May Kuin bog‘ida qayd etilgan.

Reuters agentligining yozishicha, yirtqichlar kasallangan tovuqlarning go‘shti bilan oziqlantirilganidan keyin nobul bo‘lgan.

Vetnam Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, nobud bo‘lgan yo‘lbarslardan olingan namunalar ularda parranda grippi mavjudligini tasdiqlagan va hukumat «ushbu parranda go‘shtlari manbasini aniqlashga kirishgan».

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) veb-saytidagi maslahatlarda yuqish xavfi yuqori bo‘lgani sababli parranda grippi avj olgan hududlardan xom yoki yaxshi pishmagan go‘sht hamda tuxumni iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi.

H5N1 virusi shtammi birinchi navbatda hayvonlarga yuqadi. 2003 yildan beri 900 ga yaqin insonga parranda grippi bilan kasallanish tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa, ularning yarmidan ortig‘i vafot etgan.

Mavzuga oid