AQSh Ukraina uzra Rossiya raketalarini urib tushirishdan bosh tortganiga izoh berdi
Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yordam berishda davom etadi, ammo Polsha yoki Ruminiyadan havo hujumidan mudofaa raketalarining uchirilishi urushga «boshqa turdagi aralashuv» bo‘ladi, dedi Pentagon spikeri.
Vashington Ukrainani o‘z suveren hududini qaytarib olish uchun kurashda qo‘llab-quvvatlaydi, biroq AQSh prezidenti Jo Bayden Qo‘shma Shtatlar qo‘shinlari Ukraina hududida jang qilmasligiga va’da berdi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Sabrina Singx 3 oktyabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi. U Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning NATO kuchlarini Rossiya raketalari va uchuvchisiz uchoqlarini AQSh ittifoqchisi Isroil hududi uzra dushman raketalari va uchuvchisiz uchoqlarini urib tushirganidek, o‘z mamlakati hududi uzra urib tushirishga chaqirig‘i haqidagi savolga shunday javob berdi.
Rossiya raketalari Polsha yoki Ruminiyada joylashgan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirilishi AQSh qo‘shinlarining Ukraina hududida (boots on the ground) ishtiroki sifatida baholanadimi, degan aniq savolga javoban Amerika mudofaa idorasi matbuot kotibi shunday dedi: «Bu (AQSh Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga) boshqacha tarzda aralashuv bo‘lardi, bizda hozirda Ukraina o‘z shaharlarini, aholisini muvaffaqiyatli himoya qila olyapti, degan tasavvur bor. Biz uning infratuzilmasiga Rossiya havo hujumlaridan himoyalanish uchun zarur bo‘lgan yordamni berishga tayyormiz».
Ukrainadagi urush va Yaqin Sharqda Isroil ishtirokidagi mojaro «ikki boshqa manzara va butunlay boshqa jang maydonlari», deya ta’kidladi Singx.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Pentagon rahbari Lloyd Ostin 3 oktyabr kuni Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov bilan telefon orqali gaplashgan va ular frontdagi vaziyat rivoji, Ukraina Qurolli kuchlarining joriy operatsiyalari va ularning ehtiyojlarini muhokama qilgan. Vashingtonga ko‘ra, ukrainaliklar «o‘z hududlarini qaytarib olishda davom etish uchun havo mudofaasi yoki boshqa imkoniyatlardan juda muvaffaqiyatli foydalanishmoqda», dedi Sabrina Singx.
Stoltenberg: Ukrainadagi tinchlik AQSh kafolatlarini o‘z ichiga olishi kerak
Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha har qanday muzokaralar bu davlat uchun G‘arb va birinchi navbatda AQSh tomonidan xavfsizlik kafolatlarini o‘z ichiga olishi kerak, dedi 1 oktyabr kuni NATO bosh kotibi lavozimini tark etgan Yyens Stoltenberg. Ukrainada G‘arb kafolatlarisiz tinchlik o‘rnatish Rossiyaning xaritadagi hech qanday chiziqqa rioya qilmasligiga olib keladi, dedi Stoltenberg kecha, mudofaa alyansi boshqaruvidagi so‘nggi kunida Reuters agentligiga.
«Har qanday chiziq kelishilganida – xoh xalqaro miqyosda tan olingan chegara bo‘ladimi, xoh boshqa o‘t ochishni to‘xtatish chizig‘i bo‘ladimi, biz urush shu yerda tugashiga mutlaqo amin bo‘lishimiz kerak», dedi u. Siyosatchi 2014 yilda Rossiya agressiyasi boshlanganidan so‘ng Ukraina sharqida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha oldingi kelishuvlarni esladi, Rossiya bu agressiyaga chek qo‘ymay, yana hujumga o‘tdi.
Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaga nisbatan pozitsiyasini o‘zgartira olmaydi. «Ammo menimcha, agar biz urushni davom ettirish narxi shunchalik yuqori ekanligini ko‘rsatsak, uning hisob-kitoblarini o‘zgartirishimiz mumkin, shuning uchun u o‘tirib, Ukrainani suveren mustaqil davlat sifatida qabul qilgani ma’qul», — deya ta’kidladi u.
Mavzuga oid
01:24
Oq uy Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalarini qo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
21:25 / 25.11.2024
Kurskka yana ATACMS uchdi. Navbat «Oreshnik»gami?
18:32 / 25.11.2024
Le Monde: Yevropa mamlakatlari yana Ukrainaga qo‘shin yuborish ehtimolini muhokama qilmoqda
15:49 / 25.11.2024