Ikki oyda xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 34 bola O‘zbekistonga qaytarildi
Avgust-sentabr oylarida xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 34 nafar bola O‘zbekiston Respublikasiga qaytarildi.
O‘tgan ikki oyda xorijda qarovsiz qolgan 34 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar bermoqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi.
Oktyabr oyining dastlabki kunlarida Ichki ishlar, Tashqi ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari bilan hamkorlikda xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yana 4 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Ularning 3 nafari Turkiyadan, 1 nafari Rossiyadan olib kelindi.
Bunda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan bolalarni joylashtirish va ularni oilalariga yoki yaqin qarindoshlariga qaytarish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rildi. Xususan, 2 nafari ota-onasiga, 1 nafari xolasining vasiyligiga topshirish bo‘yicha rasmiylashtirildi. Bir nafar bola bo‘yicha vaziyat baholanmoqda va onasi Rossiyadan qaytgunigacha vaqtinchalik vasiylikni rasmiylashtirish uchun yaqin qarindoshlari aniqlanmoqda.
Ma’lumot uchun, avgust-sentabr oylarida xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 34 nafar bola O‘zbekiston Respublikasiga qaytarildi. O‘tgan davr mobaynida jami 89 nafar O‘zbekistonning voyaga yetmagan fuqarolari qaytarildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan ularga o‘zlarining yashash manziliga yaqin “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan bir qator ijtimoiy xizmatlar, jumladan, bolalarning o‘zlari va ularning oila a’zolariga psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Mavzuga oid
10:53 / 16.11.2024
Hayoti yoki sog‘lig‘i xavf ostida qolgan bolalar ota-onasidan olib qo‘yilishi mumkin
08:10 / 26.10.2024
Toshkentda 15 yoshli bolani poyezd urib ketdi
09:30 / 23.10.2024
Bolalarga nisbatan oilaviy zo‘ravonlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilandi
09:40 / 18.10.2024