O‘zbekiston | 08:00 / 08.10.2024
26138
2 daqiqa o‘qiladi

Elektr energiyasi uchun kiritilgan 200 kilovattlik norma oshirilishi kutilmayapti

Energetika vaziri elektr energiyasi uchun kiritilgan 200 kilovattlik norma oshirilishi kutilmayotganini aytdi. 

Foto: Youtube / Lolazor podcast

O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov 200 kilovatt soatlik ijtimoiy norma oshirilishi kutilmayotganini ma’lum qildi.

«Birinchidan, 200 kilovattlik norma ertaga oshirish uchun emas, tahlil qilib, me’yorlardan va iste’moldan kelib chiqib, barchasini o‘rganib chiqqandan so‘ng kiritilgan. O‘shanda tahlil qilinganda iste’molchilarning 60 foizdan ortig‘i 200 kilovattdan kam ishlatgani ma’lum bo‘lgandi. Undan ortig‘ini ishlatsa ishlatsin, faqat tabaqalashtirilgan tarifda», — dedi u.

Vazirning aytishicha, mamlakatda elektr energiya ishlab chiqarish hajmi pasayib ketgan va bunga iste’mol kamligi sabab bo‘lgan. Abonentlar soni oshganiga qaramay 2023 yilning mos davri bilan solishtirganda 2024 yil iyunidan sentabrigacha oylik iste’mol hajmi kamaygan.

Ya’ni, iste’molchilar ijtimoiy norma va tabaqalashtirilgan tariflar kiritilganidan so‘ng elektr energiyasini tejay boshlagan.

«Kimdan so‘rasangiz «svet»imni o‘chirib yuribman, boshqa qilyapman [deyapti]», — dedi Jo‘rabek Mirzamahmudov.

Mavzuga oid