Jahon | 13:40
1495
2 daqiqa o‘qiladi

TsAHAL Bayrutdagi «Hizbulloh» obektlariga zarba berdi

Isroil guruhning Bayrutdagi qarorgohiga, shuningdek, Livan poytaxti chekkasidagi qurol omborlariga hujum qildi. «Hizbulloh» Isroil shimoliga raketa zarbalari berdi.

Foto: Amr Abdallah Dalsh/REUTERS

6 oktyabr, dushanba kuni Isroil qiruvchi samolyotlari «Hizbulloh» guruhining Bayrutdagi razvedka shtabiga zarba berdi. Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL ) Telegramʼdagi kanalida ma’lum qildi.

Bundan tashqari, Isroil Bayrut chekkasidagi «Hizbulloh»ning qurol omborlariga hujum qildi. «Zarbalardan so‘ng ikkilamchi portlashlar qayd etildi, bu qurol borligini ko‘rsatmoqda», — deya ma’lum qildi TsAHAL. «Hizbulloh» tashkiloti qasddan o‘zining qo‘mondonlik markazlari va qurol-yarog‘larini Bayrut markazidagi turar joy binolari ostiga joylashtirib, aholini xavf ostiga qo‘ygan», — deya ta’kidladi idora.

Isroil, shuningdek, Livan janubi va Beka vodiysidagi «Hizbulloh» obektlariga zarbalar berdi. TsAHAL qurol-yarog‘ omborlari va infratuzilmaga, jumladan, qo‘mondonlik markazi va raketa otish moslamasiga zarba yo‘llanganini ma’lum qildi.

Isroil Livan bilan chegarada ikkinchi yopiq hudud haqida ma’lum qildi

Isroil mudofaa kuchlari 6 oktyabr kuni Livan bilan chegaradagi yana uchta hududni yopiq harbiy zona deb e’lon qildi. TsAHAL Telegram-kanalida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, «vaziyat baholanganidan so‘ng» mintaqaga kirish taqiqlangan.

Gap Isroil shimolidagi Manara, Iftah va Malkiya kibutsilari haqida bormoqda. 30 sentyabr kuni TsAHAL Metula, Misgav Am va Kfar Giladi jamoatlari atrofidagi hududlarni harbiy hudud deb e’lon qildi.

Mavzuga oid