Imomali Rahmon MDH faoliyatida o‘zgarishlar bo‘lishini e’lon qildi
Yangi yildan Tojikiston MDH raisligini oladi. Mamlakat prezidenti ba’zi o‘zgarishlarni amalga oshirmoqchi.
2025 yil 1 yanvardan MDH raisligi Rossiyadan Tojikistonga o‘tadi, bu haqdagi qaror 8 oktyabr kuni Hamdo‘stlik davlat rahbarlarining sammitida qabul qilindi.
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Moskvada sakkiz davlat: Tojikiston, Qozog‘iston, Ozarboyjon, Armaniston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Belarus rahbarlari uchrashgan sammitda so‘zga chiqib, Tojikistonning MDH raisligidagi ustuvor yo‘nalishlarini taqdim etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri Hamdo‘stlik faoliyatini takomillashtirish masalasi bo‘yicha muhokamani boshlash bo‘ladi.
Siyosiy jihatdan mintaqaviy birlashma sifatida jahon miqyosida MDH ijobiy imijini rivojlantirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.
Shuningdek, u iqtisodiy, ekologik, madaniy-gumanitar masalalarni ilgari surishga ham alohida e’tibor qaratishini ta’kidladi.
Tojikiston prezidenti Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligini nishonlashga jiddiy e’tibor qaratishini ma’lum qildi.
Parlament hamkorligini rivojlantirish ham muhim ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi.
Imomali Rahmon xavfsizlik sohasida xavf va tahdidlarga qarshi kurashda amaliy hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratishini ta’kidladi.
U o‘z so‘zi yakunida joriy uchrashuvda qabul qilingan qarorlar barcha sohalarda ko‘p tomonlama hamkorlikka turtki berishiga ishonch bildirdi.
Mavzuga oid
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
14:04 / 08.11.2024
MDH davlatlari 2030 yilgacha harbiy hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqadi
16:41 / 03.11.2024