Bayrutda yana o‘nlab qurbonlar: Isroil shahar markaziga zarba berdi, raketalar turar joy binolariga tushgan
Bu safargi raketalar avvalgilaridan farqli o‘laroq, Livan poytaxtining janubiy chekkalariga emas, shu vaqtgacha hujumga uchramay kelgan markazga uchib kelgan. Manbalarga ko‘ra, «Hizbulloh»ning yuqori martabali amaldorlaridan biri, Hasan Nasrullohning kuyovi hujum nishoni bo‘lgan.
Payshanba kuni Isroil qo‘shini tomonidan Bayrut bo‘ylab yo‘llangan raketa hujumi oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘lib, yuzdan ortiq kishi yaralangan.
Oldingi aksariyat hujumlardan farqli ravishda, bu safar raketalar shaharning Dahiya deb ataluvchi janubiy chekkasiga emas, balki Livan poytaxti markazidagi shialar tig‘iz yashovchi Bahur kvartaliga yo‘llangan, xususan, raketalar turar joy va shifoxona binolari ustiga tushgan.
Livan milliy agentligi xabariga ko‘ra, «Nveyri» raketasi sakkiz qavatli turar joy binosining uchinchi qavatiga urilgan, «Basta» raketasi esa to‘rt qavatli binoga zarba bergan va uni butkul vayron qilgan.
Shahar o‘qqa tutilishi mahalliy vaqt bilan kechqurungi soat sakkizlar atrofida boshlangan, bu vaqtda poytaxt aholisi vakillari ishdan qaytgan va o‘z uyida yoki uy atrofida bo‘lgan.
Saudiyaning Al Hadath telekanali manbaga asoslanib xabar berishicha, zarba nishoni «Hizbulloh»ning halok bo‘lgan yetakchisi Hasan Nasrullohning kuyovi, guruhning koordinatsiya bo‘yicha bo‘linmasi rahbari Vafiq Safo bo‘lgan.
Reuters zarba yo‘llangan hudud bungacha Isroil tomonidan hujumga uchramaganini qayd etgan. Guvohlar agentlikka aytishicha, zarbalardan kamida bittasi aholi tig‘iz yashaydigan, ko‘p qavatli uylar va kichik do‘konlardan iborat hududdagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasiga berilgan.
Katta ehtimol bilan qurbonlar soni oshishda davom etadi: Livan sog‘liqni saqlash vazirligi atrofda joylashgan beshta shifoxonaga jami 117 nafar yarador olib kelingan, ular orasida og‘ir ahvoldagilar ham bor.
BBC’ning Yaqin Sharqdagi muxbiri, Bayrutda yashovchi Nafize Konavar qayd etishicha, Livan hududi bir necha haftadan buyon Isroil tomonidan o‘qqa tutilayotganiga qaramay, payshanba kunigacha ikki kun davomida Bayrut noodatiy tarzda tinch va xotirjam edi.
Odatda isroillik harbiylar aholi yashash manzillarida fuqarolik obektlari ichkarisida (yoki unga juda yaqin joylashgan) bo‘lgan harbiy nishonlarga zarba berishdan oldin hudud aholisini oldindan ogohlantirib, ularga evakuatsiya uchun vaqt berardi.
BBC’ning Bayrutdagi manbalari ma’lum qilishicha, bu safar shunday ogohlantirish yuborilmagan.
Hozircha bu hujum vaqtida Isroil tomonidan qancha raketa uchirilgani ma’lum emas.
Xabar qilishlaricha, kamida to‘qqiz kishini hayotdan olib ketgan birinchi zarba Isroil mudofaa armiyasi «Hizbulloh»ga aloqadorligini bildirgan shifoxona binosini qisman vayron qilgan.
Mavzuga oid
17:37 / 21.11.2024
Xalqaro jinoyat sudi Netanyahuni hibsga olishga order berdi
10:31 / 21.11.2024
AQSh Senati Isroilga qurol yetkazib berishni bloklashni rad etdi
23:12 / 19.11.2024
Isroilning keyingi nishoni Turkiyami?
19:01 / 19.11.2024