Eron Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazidagi boshqa neft obektlariga hujum uyushtirish bilan tahdid qildi
Eron Isroilning mamlakatga uyushtiradigan hujumida ko‘rsatiladigan har qanday yordam uchun neft obektlariga zarbalar berish orqali javob qaytarishini ma’lum qildi.
Eron Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazidagi boshqa davlatlarni Isroilning islom respublikasiga hujumida ko‘rsatadigan har qanday yordami uchun ularning neft obektlariga zarbalar berish orqali javob qaytarish bilan tahdid qildi.
Ushbu ma’lumotni Saudiya Arabistoni podshohlik saroyiga yaqin bo‘lgan tahlilchi Ali Shixaba ham tasdiqlagan. «Eronliklar «agar Fors ko‘rfazi davlatlari Isroil uchun o‘z havo makonini ochib bersa, bu urush harakati bo‘lishini» ma’lum qilmoqda», — deydi u. Shixabaning so‘zlariga ko‘ra, Tehron, shuningdek, Ar-Riyodni javob chorasi ittifoqchilari, masalan, Yaman yoki Iroq tomonidan ham ko‘rilishi mumkinligidan ogohlantirgan.
Isroilning Eronga potensial hujumi 9 oktyabr kuni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salom hamda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi o‘rtasidagi muzokaralarda diqqat markazida bo‘lgan. Shundan keyin Saudiya Arabistoni, Qatar va BAA AQShni Isroilning Eronga hujum uyushtirishida havo makoni va harbiy infratuzilmasidan foydalanishga ruxsat bermasligi to‘g‘risida xabardor qilgan.
Reuters manbasining aytishicha, Fors ko‘rfazidagi neft obektlariga raketaga qarshi mudofaa tizimlari va Patriot majmualari o‘rnatilgan bo‘lsa-da, ularning barchasini qo‘riqlash murakkab ish. Shu boisdan muammoni hal etishning asosiy yo‘li — diplomatik yechim.
«Biz raketalar urushi episentrida qolib ketamiz. Jiddiy xavotir mavjud, ayniqsa, agarda Isroil Eronning neft obektlariga zarba bersa», — deydi agentlik manbalaridan biri.
Mavzuga oid
16:57
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi
15:51
Iordaniyadagi Isroil elchixonasi yaqinida otishma yuz berdi
15:45
O‘zbekiston va Eron innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini muhokama qilyapti
09:56