O‘zbekiston | 20:36 / 12.10.2024
6230
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda O‘zbekiston-Qozog‘iston qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Mashg‘ulotlar davomida qo‘poruvchilik harakatlarini bostirish va muhim strategik nishonlarga keng ko‘lamli hujumning oldini olish algoritmlari ishlab chiqildi.

Foto: Qozog‘iston Mudofaa vazirligi

Jizzaxda O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylarining «Hamkorlik-2024» qo‘shma mashg‘ulotlari yakunlandi. Bu haqda Qozog‘iston Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Jizzax viloyatidagi «Forish» poligonida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarning faol bosqichini Qozog‘iston Qurolli Kuchlari bosh shtab boshliqlari general-leytenant Sulton Kamaletdinov va O‘zbekiston tomonidan general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov kuzatdi.

Jangovar topshiriqlarning bajarilishi batalyonlar tomonidan ta’minlandi. Ularning ishi Qozog‘iston tomonidan mayor Meyram Asilbekov, O‘zbekiston tomonidan podpolkovnik Ulug‘bek Mamatov tomonidan muvofiqlashtirildi.

O‘quv mashg‘ulotlarining birinchi bosqichida kichik qurolli guruh tog‘ yo‘llari bo‘ylab davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tib, mahalliy aholi xonadonlarini egalladi. Jangarilarning harakatlari diqqatni chalg‘itish va boshqa hududlarda muvaffaqiyatning rivojlanishi uchun sharoit yaratishga qaratilgan edi.

Ikkinchi bosqich ssenariysiga ko‘ra, soxta dushman Qozog‘iston va O‘zbekiston davlat chegaralari yaqinida yirik otryadlarni to‘plab, ularni bosqinga tayyorladi. Ikki davlat harbiy bo‘linmalari bunday tahdidga javob berish, jumladan, qo‘poruvchilik harakatlarini bostirish va muhim strategik nishonlarga keng ko‘lamli hujumning oldini olish algoritmlarini ishlab chiqdi.

O‘quv mashg‘ulotlari yakunida Qozog‘iston va O‘zbekiston Qurolli Kuchlari bosh shtablari boshliqlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan mashg‘ulotlarga qo‘shgan hissasi va yuqori professionalligi uchun alohida e’tibor qaratgan harbiy xizmatchilar taqdirlandi.

Mavzuga oid