“Hizbulloh” Isroilga uchta kamikadze dron uchirdi. Ulardan biri mamlakat hududida portladi

Foto: The Times of Israel
Isroil shimolidagi Binyamin shahri hududiga dron yordamida uyushtirilgan hujum oqibatida 67 kishi jarohat oldi, deb xabar beradi Channel 12.
The Times of Israel’ning “Magen David Adom” tibbiy xizmatiga tayanib yozishicha, jarohat olganlarning to‘rt nafari o‘ta og‘ir, besh nafari — og‘ir va yana 14 nafari — o‘rtacha og‘ir ahvolda. Qolganlar yengil yaralangan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, dron odamlar to‘plangan joyga kelib urilgan. Nashrning qayd etishicha, dron Livanning “Hizbulloh” harakatiga tegishli bo‘lgan.
Channel 12 ma’lumotlarida keltirilishicha, Isroil hududiga uchta uchuvchisiz uchish apparati kirib kelgan. Ularning ikki nafari urib tushirilgan. TsAXALning ma’lum qilishicha, Isroil Harbiy-havo kuchlari Livan hududidan uchirilgan dronlarni tutib qolgan. Ammo ulardan biri uylar tomi ustidan uchib o‘tib, Binyamin tumanida portlagan.
Ta’kidlanishicha, dronlar harakati tufayli trevoga signali ishga tushmagan. Harbiylar mahalliy aholi xavfdan nima uchun ogohlantirilmaganini aniqlash bilan shug‘ullanmoqda.
2024 yil sentabr oyining ikkinchi yarmida Isroil «Hizbulloh»ga qarshi harbiy operatsiya boshlaganini e’lon qilgandi. Isroil havo hujumlari natijasida guruhning bir qancha yetakchilari, jumladan, uning yetakchisi Hasan Nasrulloh yo‘q qilindi. Sent oyi oxirida Ts Livan janubida «cheklangan quruqlikdagi operatsiya»ni boshladi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 100 mingga yaqin livanlik Isroil havo hujumlaridan so‘ng qo‘shni Suriyaga qochgan.
Mavzuga oid

13:54
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

13:55 / 25.04.2025
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

20:55 / 24.04.2025
Ispaniya Isroildan millionlab o‘q-dori sotib olishdan bosh tortdi

13:30 / 24.04.2025