O‘zbekiston | 15:00
1541
2 daqiqa o‘qiladi

Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari ishlab chiqildi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 2025 yil yanvardan kuchga kiradigan Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi.

Foto: Kun.uz

Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi:

• operatorlarning majburiyatlari va javobgarligini belgilash orqali taqsimlash tizimlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash;
• iste’molchilar va kichik elektr generatorlarini taqsimlash tarmoqlariga ulash;
• elektr energiyasining sifatini va iste’molchilarni elektr ta’minotining barqarorligini oshirish;
• taqsimlash tizimlaridan samarali va xavfsiz foydalanishni tashkil etish hamda barcha foydalanuvchilar uchun teng sharoitlar yaratish;
• taqsimlash tarmoqlaridan oqilona va shaffof foydalanish shartlarini belgilash maqsadida elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori ishtirokchilari uchun umumiy texnik talablarni o‘rnatish.

Energetika vazirligi taqsimlash tizimining ishonchlilik ko‘rsatkichlarini belgilash, hisobga olish va hisobot berishning yagona tizimini joriy etadi.

Taqsimlash tizimlari operatorlari yuklama zichligi, taqsimot (sotuv) tuzilmasi, xizmatlar qiymati, ishchi kuchlanish va boshqa ko‘rsatkichlar kabi xususiyatlarga asosan turli toifalarga guruhlanadi. Shuningdek, ular  Energetika vazirligi tomonidan maqsadli ko‘rsatkichlarini ishonchlilik va samaradorlikning haqiqiy ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash orqali har yili baholanadi.

Mavzuga oid