Jahon | 13:10 / 17.10.2024
1599
4 daqiqa o‘qiladi

Bayden Kiyevga 425 mln dollarlik yordam paketi haqida ma’lum qildi

AQSh prezidenti Ukraina davlati rahbari bilan telefon orqali muloqot qildi. Baydenning jamoasi noyabr oyida virtual «Ramshtayn» uchrashuvini tashkil qilmoqda.

Foto: Ukraina prezidenti ofisi

AQSh prezidenti Jo Bayden Ukraina uchun 425 million dollarlik (391 million yevro) xavfsizlik yordami paketini e’lon qildi. U, jumladan, qo‘shimcha havo hujumidan mudofaa (HHM) vositalari, «havo-yer» sinfidagi o‘q-dorilar, zirhli texnika va «tezkor ehtiyojlarni qondirish» uchun boshqa qurollarni o‘z ichiga olgan. Bu haqda 16 oktyabr, chorshanba kuni Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Bayden Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qildi. Amerika davlati rahbari Ukraina rahbariga vakolat muddati tugagunga qadar Kiyevga yordamni oshirish borasidagi sa’y-harakatlari haqida ma’lum qildi.

Kelgusi oylarda Vashington Kiyevga bir qator qo‘shimcha jihozlar yetkazib beradi, jumladan, havo hujumidan mudofaa tizimlariga yuzlab tutib olish qurilmalari, o‘nlab taktik havo hujumidan mudofaa tizimlari, qo‘shimcha artilleriya tizimlari, katta miqdordagi o‘q-dorilar, yuzlab zirhli transport vositalari va piyoda jangovar mashinalar, minglab qo‘shimcha zirhli mashinalar.

AQShning Polshadagi yangi RQM bazasi Rossiya raketalarini urib tushira oladi

Polsha shimolidagi Redzikovo shahrida joylashgan AQShning Aegis Ashore raketaga qarshi mudofaa bazasi mamlakat tomon yo‘l olgan Rossiya ballistik raketalarini urib tushira oladi. Bu haqda 12 oktyabr kuni Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiy Rebeliant radiostansiyasi orqali ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi tajovuzkor urushi fonida konsepsiyasi o‘zgargan obekt «yaqin haftalarda» ochiladi. «Muzokaralar davomida men bu baza nafaqat AQSh tomon uchayotgan Eron raketalarini, balki Polsha tomon uchayotgan Rossiya raketalarini ham urib tushira olishiga erishdim», dedi Sikorskiy.

The Moscow Times ta’kidlaganidek, Redzikovodagi baza Rossiya Federatsiyasining Kaliningrad oblasti bilan chegaradan 165 km uzoqlikda joylashgan. U radiolokatsion stansiyaga va uchta Mk-41 uchirish qurilmasiga ega bo‘lib, ularning har biri Standard Missile 3 sinfidagi raketalarni tutib olish uchun sakkizta konteyner bilan jihozlangan. NATOga ko‘ra, Aegis Ashore «sof mudofaa xarakteriga ega». Shu maqsadda raketaga qarshi mudofaa bazasi 2024 yil iyul oyida alyans qo‘mondonligi va nazoratiga o‘tkazildi, ya’ni Raketaga qarshi mudofaa agentligi (MDA) direktori vazifasini bajaruvchi, AQSh dengiz floti kontr-admirali Duglas Uilyamsning so‘zlariga ko‘ra, «Yevropa davlatlarini manbalari yevroatlantik mintaqadan tashqarida joylashgan ballistik raketalar tahdididan himoya qilish uchun».

O‘sha paytda NATO bosh kotibi lavozimini egallagan Yyens Stoltenberg tizim to‘liq ishlay oladigan holatga keltirildi, deb ta’kidladi. «Ballistik raketalar Ukraina va Yaqin Sharqdagi mojarolarda keng qo‘llangan, biz mudofaa ittifoqi sifatida bu tahdidni e’tiborsiz qoldira olmaymiz», dedi Stoltenberg.

Mavzuga oid