Ugandaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi tayinlandi
Ugandaning O‘zbekistondagi birinchi elchisi Moses Kavaaluuko Kizige Toshkentga keldi.

Foto: Telegram / bakhtiyor_saidov
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekiston Qo‘shilmaslik harakatiga Ugandaning muvaffaqiyatli raisligini olqishlashini bildirdi.
“Ugandaning 2027—2029 yillarda Harakatga bo‘lajak raisligimizni qo‘llab-quvvatlashini qadrlaymiz. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar yo‘lga qo‘yilishi mamlakatlarimizning manfaatli va istiqbolli hamkorligi uchun mustahkam zamin yaratadi. Tadbirkorlarning o‘zaro aloqalarini mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, foydalanilmagan salohiyatni ro‘yobga chiqarish va boshqa masalalar ham kun tartibimizdan o‘rin oldi”, deb yozadi Baxtiyor Saidov.
18 yanvar kuni Kampala shahrida O‘zbekiston va Uganda o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzolangan edi. Uganda O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlarni o‘rnatgan 145-mamlakat bo‘lgandi.
Mavzuga oid

20:58 / 14.03.2025
Britaniya sudi BMT sudyasini qullik mehnatidan foydalanishda aybdor deb topdi

17:09 / 06.03.2025
Rossiyaning AQShdagi yangi elchisi tayinlandi

16:24 / 27.02.2025
Turkiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

16:45 / 08.02.2025