O‘zbekiston | 10:50 / 22.10.2024
1435
1 daqiqa o‘qiladi
Davlat mulkini xususiylashtirish sohasi takomillashtirilmoqda
Prezident tomonidan «Davlat mulkini xususiylashtirish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi farmon imzolandi.
Hujjat prezidentning farmon va qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutgan bo‘lib, ular:
- xorijiy investorlarga davlat aksiya paketlarini “Toshkent” RFB savdolari orqali xorijiy valutada sotish va ular bo‘yicha to‘lovlarni shartnomada belgilangan valutada amalga oshirishni;
- maxsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarining bosh rejasiga muvofiq, sanoat zonalari infratuzilma bilan ta’minlanganidan va davlat qabulidan so‘ng ular hududidagi yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarishni nazarda tutishmoqda.
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.10.2024 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.10.2024
Davlat mulki obektlarini “nol” xarid qiymati bo‘yicha realizatsiya qilish tartibi bekor etilyapti
10:20 / 19.10.2024
Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi yanada oshiriladi
19:11 / 04.10.2024
Tashkent city hududidagi banklar binolarini sotib olishga 4 investor qiziqish bildirdi – Davaktiv
09:12 / 14.09.2024