Qozog‘istonda Turkiyaning Bayraktar droni ishlab chiqarilishi mumkin
Mamlakat Mudofaa vazirligi Turkiyaning Baykar Defence kompaniyasi bilan shu haqda muzokara o‘tkazgan.

Foto: Baykar Press Office
Qozog‘iston mudofaa vaziri, general-polkovnik Ruslan Jaqsiliqov Turkiyaning Baykar Defence kompaniyasi bosh direktori Holuq Bayraqtar bilan respublikada taktik dronlarni ishlab chiqarish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi. Bu haqda 24 oktyabr kuni Qozog‘iston Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Muzokaralar Istanbuldagi SAHA EXPO-2024 ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazildi va «samarali» deb ataldi.
«Tomonlar Qozog‘istonda dronlar, uchuvchi-taktik havo kemalari tizimlari va boshqa qurollarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalasi bo‘yicha yo‘l xaritasini tuzishga kelishib oldilar», deyiladi xabarda.
Qozog‘iston so‘nggi bir necha yil ichida Turkiyaning Anka dronini o‘z hududida ishlab chiqarish bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Ishlab chiqarish 2024 yilda boshlanishi mumkinligi xabar qilingandi, biroq bu hali sodir bo‘lgani yo‘q.
Mavzuga oid

08:55
Turkiyadan kelgan fuqarodan 320 mln so‘mlik qadimiy kitoblar topildi

20:21 / 17.04.2025
Turkiyada giyohvandlikka qarshi mamlakat tarixidagi eng yirik operatsiya o‘tkazildi

17:05 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi

21:40 / 15.04.2025