Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: Ukraina yadro qurolini qaytarishni so‘ramayapti, lekin NATOga qo‘shilishi kerak
Bizga NATO kerak, chunki bizda (Rossiyani) to‘xtata oladigan qurol yo‘q - Ukraina prezidenti.
Ukraina yadro qurolini qaytarishni so‘ramayapti, lekin Rossiya agressiyasidan o‘zini himoya qila olish uchun NATOga qo‘shilishi kerak. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha jurnalistlarga ma’lum qildi.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, Ukraina ko‘p yillar avval NATOga a’zo bo‘lishga umid qilib, butun yadro arsenalidan voz kechgan.
«Biz o‘z vaqtida barcha yadroviy qurollarimizdan voz kechdik. Bu ko‘p yillar oldin bo‘lgandi. Biz NATOga kirishimiz kerak edi. Bu mening fikrim. Men buni (AQSh prezidenti Jo) Bayden va (Respublikachilardan prezidentlikka nomzod) Tramp bilan bo‘lishdim. Shuning uchun men Ukrainaga nisbatan adolat qayerdaligini tushuna olmasligimni aytdim», — deya Zelenskiyning so‘zlaridan iqtibos keltirgan RBK-Ukraina.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina qurollardan voz kechgan, ammo va’da qilingan xavfsizlikni olmagan.
«Biz yadro qurolidan voz kechdik, lekin NATOni olmadik. Va siz menga boshqa ittifoqchilar yoki boshqa «xavfsizlik soyabonlari» yoki shunga o‘xshash narsalarni aytib bera olasizmi, deb so‘radim. Hech kim Ukraina uchun NATOga mos keladigan xavfsizlik choralari va kafolatlari haqida menga aytolmadi. Shuning uchun bu mening dalillarim», — dedi Zelenskiy.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025