Buxoro viloyati SSBga yangi rahbar tayinlandi
2021 yil iyulidan buyon Buxoro viloyati SSB rahbari bo‘lgan Asqar Bahronov o‘rnini Elyor Oltiyev egalladi.
Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Elyor Oltiyev Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati rahbari Furqat Sanayev xabar bermoqda.
Elyor Oltiyev 2011 yil Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bakalavriat bosqichini, 2017 yil Buxoro davlat tibbiyot institutining klinik ordinaturasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasasida boshlagan.
Turli yillarda Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasida bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i, Kogon shahar va Qorako‘l tuman tibbiyot birlashmalari boshlig‘i, shuningdek Bolalar milliy tibbiyot markazi direktorining hududlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari, Sog‘liqni saqlash vazirligida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i kabi qator mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar Elyor Oltiyev Milliy tibbiyot markazi direktorining hududlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
U endilikda Buxoro viloyati SSB rahbarligida 2021 yil iyulidan buyon ishlab kelgan Asqar Bahronov o‘rnini egalladi.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024