TUSAŞ bosh direktori: Turkiya mudofaa sanoati rivojiga hech qanday hujum to‘sqinlik qilolmaydi
Mehmet Demiro‘g‘li Anqaradagi obektda sodir etilgan terakt oqibatida insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi va jabrlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.
Hech bir hujum Turkiyaning hal qiluvchi mavqeyiga va mamlakatning ichki mudofaa sanoati rivojlanishiga to‘sqinlik qila olmaydi. Bu haqda Turkiya aviatsiya va kosmik sanoati kompaniyasi (TUSAŞ) bosh direktori Mehmet Demiro‘g‘li Anqaradagi inshootga uyushtirilgan hujumni izohlar ekan aytib o‘tdi.
TUSAŞ bosh direktori Anqaradagi muassasada sodir etilgan terakt oqibatida insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi va jabrlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.
«Anqaraning Qahramankazan tumanidagi kampusimizga uyushtirilgan terror hujumini qattiq qoralayman», — deb yozdi Demiro‘g‘li ijtimoiy tarmoqda.
«Hech qanday hujum mamlakatimizning hal qiluvchi mavqeyi va milliy mudofaa sanoati rivojiga to‘sqinlik qila olmaydi. Biz bu kabi xurujlarga qarshi birdamlik va hamjihatlikda turib, yurtimiz kelajagi uchun bor kuchimiz bilan ishlashda davom etamiz», dedi u.
Avvalroq Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yyerlikaya Turkiyaning TUSAŞ aerokosmik kompaniyasi obektida sodir etilgan terakt oqibatida 5 kishi halok bo‘lgani, yana 22 kishi jarohatlanganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
21:37 / 22.11.2024
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
16:56 / 22.11.2024
Turkiyaga me’yordan ortiq tamaki mahsulotlarini olib kirgan o‘zbekistonliklar qamoqqa olinmoqda
23:12 / 19.11.2024
Isroilning keyingi nishoni Turkiyami?
11:40 / 19.11.2024