Jamiyat | 14:00 / 25.10.2024
1739
1 daqiqa o‘qiladi

XDP o‘z saylovoldi tashviqotini uyma-uy davom ettiryapti

Xalq demokratik partiyasi (XDP) saylovoldi tashviqotini mamlakat bo‘ylab faol olib bormoqda. Oxirgi bosqichlarga yetib kelgan tadbirlar doirasida deputatlikka nomzodlar mahallalarda saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqotlarga kirishmoqda. Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanida XDP nomzodlari mahalla ahli bilan uchrashib, partiyani qo‘llab-quvvatlashga chaqirmoqda.

Foto: Xalq demokratik partiyasi

Oldingi saylovlardan farqli o‘laroq, bugungi saylovchilar yuqori kayfiyat bilan ovoz berishda faol qatnashish uchun nomzodlarning saylovoldi dasturlari bilan tanishmoqda. Viloyat Kengashi deputatligiga nomzodlar mahallalarda aholi bilan faol muloqotga kirishgan.

Nomzodlar ijtimoiy himoya, ijtimoiy tenglik va ijtimoiy adolat tamoyillarini ustuvor maqsadlar sifatida belgilagan holda, saylovchilarga o‘z dasturiy g‘oyalari haqida ma’lumot berishmoqda.

Xorazmning yana bir hududida, viloyat Kengashi deputatligiga nomzod Muqaddas Sharipova va Urganch tuman Kengashi deputatligiga nomzod Rohila Madrahimova Oq oltin mahallasida saylovchilar bilan uchrashdi. Ular partiyaning dasturiy maqsadlari va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shuningdek, barcha saylovchilarni saylov kunida O‘zbekiston XDP va undan ko‘rsatilgan nomzodlarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdilar.

Mavzuga oid