Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada koloniyadan qochganlarning to‘rt nafari qo‘lga olindi
O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari ekani aytilayotgan mahbuslar umumiy uzunligi 65 metr bo‘lgan ikkita tunnel qazgan. Hozir ikki nafar mahbus ozodlikda qolmoqda - ular qidirilmoqda.
Rossiyada olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari va «Perexvat» operatsiyasi natijasida Lipetskdagi 2-koloniyadan qochgan olti nafar mahbusdan to‘rt nafari qo‘lga olindi. Bu haqda kuchishlatar tizimlarga yaqin Baza telegram-kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, dastlab mahbuslardan Baxtiyor Jumayev va Xurshidbek G‘aniyev Tambov oblastida kun davomida qo‘lga olingan. Ular qarshilik ko‘rsatgan. Koloniyadan uncha uzoq bo‘lmagan joyda yana ikki qochoq ushlangan. Ular oblastni tark etishga ulgurmagan. Hozir ikki nafar mahbus ozodlikda qolmoqda - ular qidirilmoqda.
O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari ekani aytilayotgan mahbuslar qochishni olti oydan ko‘proq vaqt davomida rejalashtirgan va umumiy uzunligi 65 metr bo‘lgan ikkita tunnel qazgan. Ular ustaxonadan qazish asboblarini o‘g‘irlab ketishgan.



Qochish tunda amalga oshirilgan. Koloniya xodimlari faqat ertalab tunnelni payqab qolishgan. So‘ngra, mahbuslar sanab chiqilgan va ulardan 6 nafari yo‘qligi aniqlangan.
Lipetsk oblasti rahbari Igor Artamonovning aytishicha, maxsus xizmatlar qochoqlarni qidirish va hibsga olish ishlarini davom ettirmoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025