Isroil Bayrut janubiga 12 ta zarba berdi
Zarbalar Isroil armiyasi vakili tomonidan e’lon qilingan evakuatsiya bo‘yicha ogohlantirishlardan so‘ng amalga oshirilgan.

Foto: Anadolu Agency
Isroil armiyasi Livan poytaxti Bayrutning janubiy qismiga 12 marta havo hujumi uyushtirdi.
Livanning NNA rasmiy agentligiga ko‘ra, zarbalar Amirkan va Hureyk aholi punktlariga berilgan.
Hujumlar Isroil armiyasi matbuot kotibi Avixay Adraye X ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida e’lon qilgan evakuatsiya haqidagi ogohlantirishlardan keyin sodir bo‘ldi.
Hujumlar ortidan Isroil armiyasi vakili Livan poytaxti janubidagi uchta binoni bo‘shatish haqida yangi ogohlantirish berdi.
Oradan ko‘p o‘tmay, Isroil Burj al-Barajine va Hades aholi punktlariga yana uchta havo hujumi uyushtirdi.
Mahalliy matbuotning xabar berishicha, Hurayk, Burj al-Barajine va Hadesga uyushtirilgan hujumlardan tashqari, Isroil poytaxtga jami 12 ta havo hujumi uyushtirgan holda, bir qancha boshqa hududlarga ham ogohlantirishsiz hujum qilgan.
Mavzuga oid

10:24
Isroil G‘azoga yana gumanitar yordam yetkazishga ruxsat berdi

23:13 / 18.05.2025
Isroil armiyasi G‘azo sektorida keng ko‘lamli quruqlikdagi harbiy harakatlarni boshladi

22:36 / 17.05.2025
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi

19:29 / 16.05.2025