Isroilda yuk mashinasi avtobus bekatidagi kishilarga borib urildi
O‘nlab qurbonlar bilan sodir bo‘lgan fojia Tel-Aviv shimolidagi avtobus bekatida yuz berdi. Bir guruh odamlarga borib urilgan yuk mashinasi haydovchisi «zararsiz holga keltirildi», deb xabar berdi Isroil politsiyasi.
Isroilda 27 oktyabr, yakshanba kuni yuk mashinasi armiya harbiy bazasi yaqinidagi avtobus bekatida bir guruh odamlarni bosib ketdi. Qutqaruv xizmatlari Tel-Aviv shimolidagi Ramat-Hasharonda sodir bo‘lgan fojiada kamida 24 kishi jabrlanganini xabar qildi. Olti kishi jiddiy jarohat oldi, yana kamida 16 kishi kasalxonaga yotqizildi.
Politsiya voqea yuzasidan tergov olib bormoqda. Boshqalar qatorida terakt versiyasi ham ishlab chiqilmoqda. Yuk mashinasi to‘xtash joyida turgan va yo‘lovchilarni endigina tushirib yuborgan avtobusga borib urilgan. Politsiya xabariga ko‘ra, yuk mashinasi haydovchisi «zararsiz holga keltirilgan».
Isroil o‘tmishda yengil va yuk mashinalari ishtirokida ko‘plab terrorchilik hujumlariga uchragan. 27 oktyabr kuni Isroilda Falastinning Hamas harakati jangchilarining keng ko‘lamli hujumi bir yilligi munosabati bilan tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Yaqin Sharqdagi keskinlashuv
2023 yil 7 oktyabr kuni ertalab Hamasning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarshi «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. G‘azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
Hamasning bildirishicha, operatsiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirish va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan. Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida Hamasga qarshi o‘nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 43 mingga yaqin falastinlik halok bo‘ldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oshadi. G‘azoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilishi va eksklavning to‘liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat chekmoqda.
Mavzuga oid
10:30 / 23.11.2024
Xalqaro sud qarori: Netanyahu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
14:54 / 22.11.2024
Bayden XJSning Netanyahuni hibsga olishga order berishiga munosabat bildirdi
17:37 / 21.11.2024