Qirg‘izistonda besh nafar general unvonidan mahrum qilindi
Sadir Japarov o‘z vaqtida Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida turli lavozimlarda xizmat qilgan amaldorlarni unvonidan mahrum etish bo‘yicha qarorni imzoladi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov o‘z vaqtida Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida turli lavozimlarda xizmat qilgan amaldorlarni unvonidan mahrum etish bo‘yicha qarorni imzoladi, deb xabar beradi Tengrinews.
Qayd etilishicha, besh nafar amaldor general-mayor harbiy unvonidan ayrilgan, bular: Almazbek Orozaliyev (ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari), Mirlan Qanimetov (ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari), Malik Nurdinov (O‘sh viloyati IIB sobiq boshlig‘i), Talantbek Saliyev (MXDQ raisining sobiq o‘rinbosari) va Sanjarbek Erkinbayev (MXDQ raisining sobiq o‘rinbosari).
Prezident matbuot kotibi Asqat Alakozovning ta’kidlashicha, ularga unvonlar noqonuniy ravishda berilgan.
Jogorgu Kenesh sobiq deputati general-leytenant Feliks Kulov vaziyatga izoh berib, kuchishlatar tuzilmalar vakillari qonunbuzarliklar tufayli unvonidan ayrilgan. «Hozir biror nimani taxmin qilish noto‘g‘ri. Unvondan mahrum etish uchun sud qarori kerak, keyin esa u prezident qarori bilan tasdiqlanadi. Albatta, tergov yoki xulosa bo‘lishi lozim. Shunchaki unvondan mahrum qilishmaydi», — deydi Kulov.
Uning eslatishicha, sobiq generallarga unvonlar 2020 yilning 14 oktyabrida, prezident Sooronbay Jeenbekov iste’fo berishidan ikki kun oldin topshirilgan. Sobiq deputatning so‘zlariga ko‘ra, unvondan mahrum etilgach, generallarga oldingi unvonlari beriladi, sud orqali generallik pogonlarini qaytarib olish imkonsiz.
Ta’kidlanishicha, Qirg‘iziston mustaqillikka erishganidan beri general unvoni 150 nafardan ortiq kuchishlatar tuzilmalar vakillari va harbiy xizmatchilarga berilgan. O‘tgan davr ichida faqat uch kishi bu kabi oliy harbiy unvondan mahrum etilgan.
Mavzuga oid
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024