O‘zbekiston | 12:20 / 30.10.2024
1579
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Iordaniya aviakompaniyalar soniga qo‘yilgan cheklovni olib tashlaydi

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tayotgan ICAO'ning ICAN-2024 tadbirida Iordaniya aviatsiyasi ma’muriyati bilan o‘tkazilgan muzokara o‘tkazilgan.

Foto: Transport vazirligi

O‘zbekiston va Iordaniya aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. 

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tayotgan ICAO'ning ICAN-2024 tadbirida Iordaniya aviatsiyasi ma’muriyati bilan o‘tkazilgan muzokara o‘tkazilgan.

Unda Havo qatnovi to‘g‘risida ikki tomonlama hukumatlararo bitimda aviakompaniyalar soniga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish hamda parvozlar xavfsizligiga oid qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha bayonnoma parafir qilindi va ikki davlat aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Mavzuga oid