AQSh Rossiya mudofaa vazirining besh o‘rinbosariga qarshi sanksiyalar kiritdi
Umuman olganda, AQSh sanksiyalari ro‘yxatida 32 kishi va 360 dan ortiq kompaniya bor. Qora ro‘yxatga, jumladan, Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari o‘rinbosari Anna Tsivileva, Pavel Fradkov va Aleksandr Fomin ham kiritilgan.
Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi tufayli Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalarni kengaytirdi. 30 oktyabr, chorshanba kuni AQSh Moliya vazirligi veb-saytida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, cheklovlar 32 jismoniy shaxs va 360 dan ortiq kompaniyalarga tegishli.
Rossiya mudofaa vazirining besh o‘rinbosari qora ro‘yxatga kiritildi: Anna Tsivileva, Aleksandr Fomin, Pavel Fradkov, Viktor Goremikin va Andrey Buliga. Ro‘yxatda jami 32 kishi bor – Rossiya, Belarus, Xitoy, Hindiston, Turkiya, Shveytsariya va Chili fuqarolari.
AQSh Moliya vazirligi: Harbiy sektor bilan bog‘liq shaxslarga qarshi choralar
Ro‘yxatga yuridik shaxslar ham kiradi, ular orasida shinalar ishlab chiqaruvchi "Kordiant" (oktyabr oyi boshida milliarder Aleksey Mordashovning "Severgrupp"i tomonidan sotib olingan), "Bespilotnyye texnologii Mordovii", "Arsenal" ilmiy-texnika markazi, Kolomna zavodi, "Russkaya laboratoriya vozdushnogo transporta", Moskva aviatsiya instituti (MAI) ), "Rosatom" davlat kompaniyasining "shu’ba korxonalari" — "Rosatom Tsifrovyye resheniya" va "Rosatom mikroelektronika".
"Qo‘shma Shtatlar bugungi kunda 400 ga yaqin tashkilot va shaxsga nisbatan sanksiyalar kiritmoqda. Bu qaror Rossiyaning harbiy harakatlari uchun muhim bo‘lgan bir necha sohalarni nishonga oladi", dedi davlat kotibi Entoni Blinken. U gap, xususan, Rossiyaning mudofaa va energetika sohalari haqida ketayotganini tushuntirdi.
AQSh moliya vazirligi bayonotida qayd etilishicha, sanksiyalar Rossiya harbiy-sanoat kompleksi uchun texnologiya va tovarlar yetkazib beruvchilarga qaratilgan bo‘lib, avvalroq kiritilgan cheklovchi choralarni chetlab o‘tishni qiyinlashtirishga yo‘naltirilgan. "Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari Rossiyaga Ukrainaga qarshi urush uchun zarur bo‘lgan muhim vositalar va texnologiyalar oqimini to‘xtatish uchun butun dunyo bo‘ylab qat’iy choralar ko‘rishda davom etmoqda", dedi moliya vaziri birinchi o‘rinbosari Uolli Adeyyemo.
Mavzuga oid
21:00 / 12.11.2024
Rossiyada migrantlar uchun uy-joy ijarasi qoidalari kuchaytiriladi
18:09 / 12.11.2024
Polsha Bosh shtabi boshlig‘i Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
16:07 / 12.11.2024
Greenpeace: NATO harbiy jihatdan Rossiyadan sezilarli darajada ustundir
14:14 / 12.11.2024