Jamiyat | 10:10 / 31.10.2024
1683
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga uringan shaxs to‘xtatildi

“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida qiymati 380 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi. 

Foto: Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xabariga ko‘ra, mamlakatga o‘tish uchun “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro harakatlari bojxona xodimlarining diqqatini tortgach, u shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Natijada fuqaroning oyog‘i va ichki kiyimlariga skotch bilan o‘rab yashirilgan umumiy og‘irligi 450 gramm bo‘lgan zargarlik buyumlari aniqlangan.  

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, zargarlik buyumlarining qiymati 380 mln so‘mni tashkil qilmoqda.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid