Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
Ayni vaqtda Botirjon Hamroyevga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Andijon viloyat hokimligi axborot xizmati
Andijon viloyati hokimi sobiq o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i Botirjon Hamroyevga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Bu haqda Daryo.uz manbasi xabar berdi.
Uning xonadonida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida budjet mablag‘lari talon-toroj qilinishi, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va boshqa holatlar bo‘yicha tergovga chaqirtirilgan va protsessual tartibda ushlangan.
Ayni vaqtda Botirjon Hamroyevga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Botirjon Hamroyev 2019 yildan buyon viloyat hokimi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borayotgandi.
Oktyabr oyi boshida u lavozimini tark etgani, uning o‘rniga Ilhom Sobirov viloyat hokimi o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangani ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid

12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi

11:53 / 06.05.2025