O‘zbekiston va Hindiston Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Hindistonning Vivekananda International Foundation tahliliy markazi eksperti Skand Ranjan Tayal bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Dunyo
TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida mintaqaviy xavfsizlik masalalari, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha mumkin bo‘lgan birgalikdagi sa’y-harakatlar muhokama qilindi.
O‘zbekiston tomonidan tinch siyosiy jarayonni boshlashga ko‘maklashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, Afg‘onistonda amalga oshirilayotgan transport-kommunikatsiya loyihalari haqida ma’lumot berildi.
Skand Ranjan Tayal Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatish, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklashda O‘zbekistonning faol ishtirokini alohida ta’kidladi.
Mavzuga oid

20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi

11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi

21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi

21:32 / 21.05.2025