O‘zbekiston | 08:10 / 01.11.2024
5714
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda bordyurga urilgan Nexia-3 yonib ketdi

Yunusobod tumanida Nexia-3 yo‘l chetidagi beton bordyurga borib urildi. Oqibatda mashinada yong‘in yuzaga kelgan. 

Toshkent shahri Yunusobod tumanida 31 oktyabr kuni Nexia-3 mashinasi yonib ketdi

Holat soat 21:50 larda Ahmad Donish ko‘chasida yuz bergan. Haydovchi A.A. (2004 y.t.) rul boshqaruvini yo‘qotib, beton bordyurga urilgan. Oqibatda avtomashinada yong‘in kelib chiqqan.

Voqea joyiga o‘t o‘chirish brigadasi 7−8 daqiqa ichida yetib kelgan. Ijtimoiy tarmoqdagi videolarda esa yong‘inni o‘chirishga beton aralashtirgich haydovchisi ham yordam berayotganini ko‘rish mumkin.

Yong‘in FVV xodimlari tomonidan o‘chirilgan, YTHda hech kim jarohatlanmagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid