Video sifatini avtomatik tanlash va yuborilgan xabarga media qo‘shish imkoniyati – Telegram'da yangilanishlar
31 oktabr Telegram jamoasi ilovadagi yangilanishlarni taqdim qildi. Endilikda foydalanuvchilar videolar uchun tezroq yuklanish va sifatni nazorat qilishi, oxirgi tahrir qilingan vaqti belgisi, shuningdek yuborilgan xabarlarga media biriktirish kabi bir qancha yangi funksiyalardan foydalanishi mumkin.
Endilikda messenjerdagi katta kanallarga yangi yuklangan videolar uchun ma’lumotlarini tejash va videolarni tezroq yuklashda foydalanuvchining ulanish tezligiga asoslangan sifat darajasi avtomatik ravishda tanlanadi. Shuningdek, foydalanuvchilar o‘zlari xohlagan sifat darajasini ham tanlashlari mumkin – yuqori, o‘rta yoki past. Video sifatini sozlash uchun, video pleyerda sozlamalar belgisini bosish kerak.
Foydalanuvchilar endi videolarni yuklangan eng katta hajmda ko‘rishlari shart emasligi sababli, katta kanal egalari yaxshiroq sifatli videolar joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Endi kanal adminlari videolarni qayta ishlashlari shart emas — Telegram endi har bir yuklangan videoni ular uchun optimallashtiradi va uni bir necha sifatlarda tayyorlaydi. (Xuddi YouTube videohostingi kabi videolar sifatini foydalanuvchi tanlab oladi).
Zaifroq ulanishga ega foydalanuvchilar avtomatik ravishda ko‘proq siqilgan (kichikroq hajmdagi) videolarni olishadi, yuqori tezlikdagi internetga ega bo‘lganlar esa to‘liq sifatdan bahramand bo‘lishlari mumkin. Bu yangi funksiyalar hozirda faqat minglab obunachilarga ega kanallar uchun mavjud.
Endi Telegram foydalanuvchilari sozlamalarni bosmasdan yangi imo-ishoralar bilan videolarni osonlik bilan tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkin.
Videoning o‘ng tomoniga bosib turib surish bilan 1.5x tezlikdan 2.5x gacha oshirish mumkin. Android qurilmalarida esa videoning chap yoki o‘ng tomoniga ikki marta bosish orqali har ikki yo‘nalishda 10 soniya o‘tkazib yuborish mumkin.
Yuborilgan xabarlarga media qo‘shish imkoniyati ham ochildi. Agar fotosurat, video yoki faylni yuborishdan oldin qo‘shishni unutgan bo‘lsangiz, xabarni tahrirlash orqali media qo‘shishingiz mumkin – uni o‘chirib, qaytadan boshlash o‘rniga, faqat ikki marta bosish kifoya.
Shuningdek, jo‘natilgan mediaga tahrir kiritish va fotosuratlarni qayta tahrirlash yoki xabardagi mediaga o‘zgartirish kiritish mumkin.
Tahrir qilingan xabarlar endi – bu xabar oxirgi marta qachon tahrir qilinganligini ko‘rsatadi. Agar xabar bir necha marta tahrir qilingan bo‘lsa, u eng so‘nggi tahrir vaqtini ko‘rsatadi.
Guruh va kanal egalari faqat shu suhbatdan postlar va hikoyalarni ko‘rsatadigan heshteg'lar uchun yangi #heshteg@username formatidan foydalanishlari mumkin. Masalan, foydalanuvchi #travel heshtegini bosganda, Telegram'dagi barcha qidiruv natijalarini ko‘radi – #travel@durov esa faqat @durov kanalidan natijalarni darhol ochadi.
Faqat ommaviy postlar va ommaviy hikoyalar (stories) global heshteg qidiruvlarida paydo bo‘ladi.
Shuningdek, messenjerda botlar uchun xabarlar chegarasining oshirilishi, postlardagi reaksiyalarni aniq hisoblashlar va boshqa yangiliklar qo‘shilgan.
Mavzuga oid
22:35 / 23.11.2024
Fransiyada deputatlarning Telegram akkauntlari buzib kirilgani yuzasidan tergov boshlandi
18:03 / 03.11.2024
Telegram mini-ilovalar uchun yangi funksiyalarni joriy qiladi
19:23 / 02.11.2024
Belgiya Telegram tergovida Fransiya bilan hamkorlik qiladi
19:06 / 01.11.2024