Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiya Telegram tergovida Fransiya bilan hamkorlik qiladi
Telegram asoschisi Pavel Durov avgust oyida Parij aeroportida hibsga olingan edi. Tadbirkor messenjerni yetarli darajada moderatsiya qilmaganlikda gumon etilmoqda. Belgiya ham Fransiya tergoviga qo‘shilganini ma’lum qildi.
Belgiya federal prokuraturasi Telegram messenjeri faoliyatini 2020 yildan buyon tergov qilmoqda va endi bu borada Fransiya rasmiylari bilan hamkorlik qiladi, deb yozdi De Standaard.
Nashrning ta’kidlashicha, mamlakatlar tergov guruhini tuzgan bo‘lib, ular orqali har ikki davlatning vakolatli organlari «o‘z tergov natijalarini almashadi va birgalikda harakatlarni amalga oshirishi mumkin bo‘ladi».
Prokuratura vakili nashrga shunday guruh tuzilganini tasdiqladi. U buning zarurligini «qurol savdosiga oid deyarli barcha tergovlarda gumonlanuvchilar Telegram messenjeridan foydalanishi» bilan izohladi.
Telegram asoschisi Pavel Durov avgust oyi oxirida Parij aeroportida hibsga olingan edi. U messenjerni yetarlicha moderatsiya qilmaganlikda gumon etilmoqda. Jandarmeriya ma’lumotlariga ko‘ra, bu va uning hamkorlik qilishdan bosh tortishi uni bolalar pornografiyasi, firibgarlik va boshqa jinoyatlarni tarqatishda sherik qiladi. Keyinroq Durov 5 million yevro garov va haftasiga ikki marta politsiya bo‘limiga xabar berish majburiyati evaziga ozod qilindi.
23 sentabr kuni Durov Telegram asosli qonuniy talablarga javoban huquq-tartibot idoralariga qonun buzgan shaxslarning IP-manzillari va telefon raqamlarini oshkor qilishi mumkinligini aytdi. Shuningdek, noqonuniy kontent ustidan shikoyat qilish imkonini beruvchi @SearchReport bot ishga tushirildi.
Mavzuga oid
23:21 / 24.05.2025
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi
18:29 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
18:16 / 23.05.2025
Vetnam hukumati Telegramʼni bloklashga qaror qildi
20:25 / 20.05.2025