Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada endi velosiped haydash vaqtida telefondan foydalangan shaxslar qamaladi
Yapon OAVning yozishicha, 2021 yildan boshlab velosipedchilar ishtirokidagi avariyalar soni oshgan, chunki pandemiya vaqtida odamlar jamoat transporti o‘rniga ko‘proq velosipeddan foydalanishga o‘tgan.
Yaponiyada yangi qoidalarga ko‘ra, endi velosiped haydab ketayotib mobil telefondan foydalangan fuqarolar olti oygacha qamoq jazosiga hukm etilishi mumkin, deb xabar beradi BBC.
Yo‘l harakati qoidasi to‘g‘risidagi qonunga muvofiq qoidabuzarlar olti oygacha qamoq jazosiga hukm etilishi yoki 100 ming iyena (655 dollar) miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yildan boshlab velosipedchilar ishtirokidagi avariyalar soni oshgan, chunki pandemiya vaqtida odamlar jamoat transporti o‘rniga ko‘proq velosipeddan foydalanishga o‘tgan. Endi hukumat velosipedchilarni nazorat qilishga shoshilmoqda.
Yangi qoidalar harakat vaqtida telefondan foydalanishdan tashqari, mast holatda velosiped boshqarishni ham taqiqlaydi — alkogol ta’sirida velosiped haydagan fuqaro 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etiladi yoki 500 ming iyena (3,2 ming dollar) jarimaga tortiladi.
Yangi qonun kuchga kirishi bilan Osaka rasmiylari besh nafar qoidabuzar aniqlanganini, xususan, ularning ikki nafari mast holatda velosiped boshqarganini ma’lum qildi. Yana bir erkak boshqa velosipedchi bilan to‘qnashib ketgan.
Yangi qoidalarga ko‘ra, bu turdagi avariyada aybdor bo‘lgan velosipedchi 300 ming iyena (2 ming dollar) jarimaga tortilishi yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Yaponiyada yo‘l-transport hodisalarining umumiy soni kamaygan bo‘lsa-da, velosipedchilar ishtirokidagi avariyalar soni ortgan. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yili mamlakatda velosipedchilar ishtirokida 72 mingdan ortiq avariya qayd etilgan — bu jami YTHning 20 foizdan ortig‘ini tashkil etadi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025