O‘zbekiston rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilot tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shildi
Shartnomaning maqsadi rus tilida sifatli ta’limni qo‘llab-quvvatlash, «Rus tili va adabiyoti» hamda «Rus tili chet tili sifatida» yo‘nalishlari bo‘yicha pedagog va ilmiy kadrlar tayyorlashga ko‘maklashish hisoblanadi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 oktyabr kuni «Rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilotni ta’sis etish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida»gi qonunni imzoladi.
MDH homiyligidagi ushbu tashkilotni tuzish taklifi 2022 yil oktyabr oyida Ostonada o‘tkazilgan MDH davlatlari rahbarlari sammitida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev tomonidan bildirilgandi. Taklifga asosan 2023 yil 13 oktyabr kuni Bishkekda o‘tkazilgan MDH davlatlari rahbarlari sammitida tashkilotni tuzish haqidagi shartnoma imzolandi.
Tashkilotning maqsad va vazifalari qatoriga rus tilida sifatli ta’limni qo‘llab-quvvatlash, «Rus tili va adabiyoti» hamda «Rus tili chet tili sifatida» yo‘nalishlari bo‘yicha pedagog va ilmiy kadrlar tayyorlashga ko‘maklashish, shuningdek, ushbu sohadagi mutaxassislar zaxirasini shakllantirish kiradi.
Bundan tashqari, tashkilot davlatlararo muloqot tili sifatida rus tilini qo‘llab-quvvatlash va targ‘ib qilish masalalarida MDH mamlakatlarining har tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorligini mustahkamlash bilan shug‘ullanadi.
Shu kunga qadar shartnomani Rossiya, Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Ozarboyjon ratifikatsiya qilgan.
Mavzuga oid
16:12
Tanzila Norboyeva Rossiyada MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasida ishtirok etdi
14:04 / 08.11.2024
MDH davlatlari 2030 yilgacha harbiy hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqadi
14:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri MDH bosh kotibi bilan uchrashdi
20:38 / 30.10.2024