Budjet mablag‘lari hisobidan 177 mlrd so‘mlik ortiqcha va noqonuniy xarajatlar aniqlandi
Hisob palatasining “Masofaviy audit” axborot tizimi tomonidan vazirliklarda avtomatik ravishda aniqlangan risklardan 395 milliard so‘mlik kamchiliklar bartaraf etildi.

Sardor Usmonov Foto: AOKA
Hisob palatasi mas’ul xodimi Sardor Usmonovga ko‘ra, nazorat tadbirlari va tahlillar natijasida:
- 54,5 milliard so‘m ortiqcha va noqonuniy xarajatlarning oldi olingan;
- davlat budjetiga 3,6 trillion so‘mlik qo‘shimcha daromad manbalari aniqlanib, hozirda undirish choralari ko‘rilmoqda;
- budjet mablag‘lari hisobidan 177 milliard so‘mlik ortiqcha va noqonuniy xarajatlar aniqlanib, ularni bartaraf etish va kelgusida takrorlanmaslik choralari ko‘rilgan.
Davlat xaridlari tahlil qilinganda 3 ming 200 ta shartnoma qayd etilgan qonun talablariga zid ravishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ygan holda tuzilganligi aniqlangan. Shundan 9 tasida 1,9 milliard so‘mga qimmat narxlar va 1,5 milliard so‘mlik qo‘shib yozish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘lgan.
Mavzuga oid

20:08 / 22.05.2025
Issiqlik ta’minoti obektlarini qurishga 500 mlrd so‘m ajratildi

10:18 / 15.05.2025
Rossiya federal budjetning deyarli uchdan bir qismini maxfiylashtirdi

15:03 / 03.05.2025
Tramp AQSh harbiy budjetini 1 trln dollargacha oshirmoqchi

08:10 / 21.03.2025