Jamiyat | 09:44 / 04.11.2024
3438
2 daqiqa o‘qiladi

Metroning “Choshtepa” bekatida poyezd buzilib qoldi

Bu kamida 4 ta tarkibning bir bekatda to‘planib qolishiga sabab bo‘lgan. Hodisa bugun, 4 noyabr soat 8:50lar atrofida Chilonzor yo‘lining “Olmazor – Choshtepa” bekatlari oralig‘ida yuz bergan. Bu qarama-qarshi yo‘nalishdagi qatnovda poyezdlarning 20 minutgacha kechikishiga, bekatlarda odamlar to‘planib qolishiga sabab bo‘lgan.

Foto: Kun.uz

Toshkent metrosining “Choshtepa” bekatida poyezd nosozlik tufayli to‘xtab qoldi. Bu haqda voqea joyida bo‘lgan Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Poyezdning bekatda to‘xtab qolishi ushbu bekatga kirib kelayotgan boshqa tarkiblarning ham navbat kutib, to‘planib qolishiga sabab bo‘lgan. Holat metroning “Olmazor-Choshtepa” bekatlari oralig‘ida yuz bergan.

Shuningdek, ushbu holat qarama-qarshi yo‘nalishdagi qatnovda poyezdlarning 20 minutgacha kechikishiga, bekatlarda odamlar to‘planib qolishiga sabab bo‘lgan. Buning oqibatida tirbandlik kuzatilgan, odamlar baqir-chaqir qilishgan.

Keyingi vaqtlarda Toshkent metrosida poyezdning buzilib qolish holatlari ko‘p sodir bo‘lmoqda. Oldinroq “Kosmonavtlar” bekatidan harakatlanishi kerak bo‘lgan poyezdda texnik nosozlik yuzaga kelib, u joyidan harakatlanmay qolgandi. Buning natijasida liniyaning “Beruniy” bekatida yo‘lovchilar to‘planib, yirik tirbandlik yuzaga kelgan.

Mavzuga oid